Surxondaryoda yollanma ishchi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi
Mazkur hodisa yuzasidan komissiya tuzilgan.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi qurilishlardan birida ishlayotgan fuqaro vafot etdi.
Bu haqda viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi buyrugʻida maʼlum qilingan. Unda aytilishicha, "Eski shahar" mahallasida ishlayotgan A.O qurilishi ishlari vaqtida vafot etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan uch kishidan iborat komissiya tuzilgan va bugun, 15 yanvardan tekshiruv ishlari boshlangan.
Eslatib oʻtamiz, biroz avval Nukus shahrida fuqarolar nomaʼlum moddadan zaharlanib vafot etgandi.