platina.uz
Jamiyat

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgartirildi

Prezident tegishli qonunni imzoladi. 

Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgartirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-895-son, 12.01.2024 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi.

Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.

Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Avvalroq Oliy sudning sakkiz sudyasi lavozimidan ozod etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid