platina.uz
Jamiyat

Toshkent yana changga burkandi

Poytaxt aholisiga niqob taqish tavsiya etilyapti. 

Toshkent yana changga burkandi

Bugun, 11 yanvar kuni tongda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida havo sifatida yana yomonlashdi.

Poytaxtda soat 08.00 holati havo sifat darajasi RM-2.5 mayda dispers zarrachalar bilan bogʻliq ifloslanish JSST standarti boʻyicha ruxsat etilgan meʼyordan 17 marta koʻtarilgan.

Bu yerdagi havo sifati ayni vaqtda zararli, deya baholangan. Va Toshkent aholisiga tashqarida mashq qilmaslik, iflos havodan saqlanish uchun derazalarni yopish, maska taqish hamda havo tozalagichlarni ishga tushirishni(agar bunday uskuna boʻlsa albatta) tavsiya etmoqda.

Poytaxt IQ Air reytingida havosi notoza oʻnta shahardan biri deb topildi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtda chang-toʻzon hodisalari nafaqat Toshkent, balki Oʻzbekiston uchun odatiy jarayonga aylanib bormoqda. Avvalroq BMT ham Oʻzbekistondagi holat boʻyicha tashvishli bayonot bergandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid