Qirgʻiz deputati Salimboy bilan uchrashgani maʼlum boʻldi
Hozir unga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bilan jinoiy ochilgan.

Oʻzbekistonda qirgʻizistonlik deputat Emil Jamgʻirchiyevga nisbatan ikkita jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari Qamchibek Tashiyev bugun, 2024 yil 10 yanvar kuni Jogorku Kenesh yigʻilishida maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, deputatlar Bosh prokuror Qurmanqul Zulushevning Emil Jamgʻirchiyevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish taklifi boʻyicha komissiya ishining yakunlarini muhokama qilmoqda.
Tashiyevga koʻra, u Toshkentga borib Salim Abduvaliyevni soʻroq qilishda ishtirok etgan.
“Abduvaliyev koʻrsatma berib, Qirgʻiziston rasmiylari orasida tartib oʻrnatishda yordam soʻragan Jamgʻirchiyev bilan uchrashganini tasdiqladi. Salimboy Qirgʻiziston ishlariga aralashmasligini aytib javob qaytargan. Maʼlum boʻlishicha, Jomgʻirchiyev Abduvaliyevning yordamchisini aldagan. Buning ustiga deputat mehmonxonada bir necha kun qolib, pulini toʻlamay ketgan. Shu bois Oʻzbekistonda ikkita ish qoʻzgʻatildi, biri “Firibgarlik”, ikkinchisi “Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish” moddasi boʻyicha”, — deydi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq qirgʻiz deputati Oʻzbekiston chegarasini noqonuniy kesib oʻtgani maʼlum boʻlgandi.
"Salimboy" nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev esa shu yilning 5 dekabrida protsessual tartibda ushlangani rasman eʼlon qilingandi.