platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston Qozogʻiston bugʻdoyining asosiy xaridori boʻlib qolmoqda

Bir yilda mamlakat oʻz qoʻshnisidan 4,5 million tonna bugʻdoy sotib oldi. 

Oʻzbekiston Qozogʻiston bugʻdoyining asosiy xaridori boʻlib qolmoqda

2023 yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Qozogʻistondan don va unning asosiy importchisiga aylandi.

Eldala.kz nashri maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilda Qozogʻiston 9 million tonna don va 2,2 million tonna un eksport qilgan.

“Oʻzbekiston 4,5 million tonna bugʻdoy va don ekvivalentida un sotib olgan asosiy xaridorga aylandi”, — deb yozadi nashr.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston 2024 yil yanvar oyida Qozogʻistondan 1,2 million tonna gʻalla sotib olishi kutilmoqda.

Yanvar oyi boshida Oʻzbekistonga joʻnatilayotgan poyezdlar soni sezilarli darajada oshgan – bu miqdor kuniga 32-33 poyezd yukni tashkil etmoqda.

Taʼkidlash joizki, 2022 yilda ham Qozogʻiston donini eng koʻp Oʻzbekiston sotib olgan (qariyb 3 million tonna).

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil sentabrida Oʻzbekistonda un narxi koʻtarilgandi. Bunga Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻalla hosilining kamayishi fonida eksportga cheklovlar kiritgani sabab boʻlgandi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi esa talab taklifdan yuqori ekanini bildirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid