platina.uz
Jahon

2024 yilda kutilayotgan ehtimoliy shov-shuvli voqealar taqdim etildi

Rossiyada davlat toʻntarishi sodir boʻlishi mumkin, deyiladi xabarda. 

2024 yilda kutilayotgan ehtimoliy shov-shuvli voqealar taqdim etildi

Politico nashri 2024 yil uchun kutilmagan, ammo sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ehtimoliy voqealar roʻyxatini taqdim etdi.

Eurasia Group siyosiy tavakkalchilik konsalting kompaniyasi rahbari Yan Bremmerning fikricha, AQShda prezidentlik saylovlari adolatli va erkin oʻtkazilmasligi ehtimoli bor, chunki AQShda saylovoldi vaziyat keskin qizib bormoqda. Saylovda Oq uy rahbari Jo Bayden va sobiq prezident Donald Trampning manfaatlari oʻzaro toʻqnashmoqda.

Bulwark bosh muharriri Charli Sayksning fikricha, 2024 yilda bir necha kun davomida kompyuterlar, sunʼiy yoʻldoshlar yoki global bank tizimini zararlashi mumkin boʻlgan global raqamli virus paydo boʻlishi mumkin.

Politico bilan suhbatlashgan ekspertlar bu yil Xitoy bilan urush va Rossiyada davlat toʻntarishi boshlanishi mumkin, degan fikrni ham oʻrtaga tashlagan.

Avvalroq KXDR Janubiy Koreyaga qarata 200 dan oshiq snaryad otgani xabar berilgandi. Ekspertlarga koʻra, mintaqada yangi urush oʻchogʻi yuzaga kelishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid