Qishda isteʼmol qilinishi kerak boʻlgan uch muhim meva maʼlum qilindi
Anor shamollash va infeksiyalardan himoya qiladi.

Mutaxassislar immunitetni oshirish uchun qishda isteʼmol qilinishi kerak boʻlgan uchta eng foydali meva haqida maʼlumot berib oʻtishdi.
Birinchi oʻrinda anor turadi. U koʻp miqdorda S vitamini oʻz ichiga oladi. U shamollash va infeksiyalardan himoya qiladi. Undagi vitaminlar qon tomirlarini mustahkamlash uchun ham foydalidir. Anor urugʻlarida nikotinik kislota ham mavjud boʻlib, u koʻzni charchashni kamaytiradi va ortiqcha kuchlanishdan himoya qiladi.
Keyingi meva xurmodir. Bu meva tabiiy antidepressant boʻlib, toʻplangan stressdan xalos boʻlishga va dunyoga ijobiy nuqtai nazar bilan qarashga yordam beradi. Bundan tashqari, xurmo koʻp miqdorda yodni oʻz ichiga oladi. Bu markaziy asab tizimiga va qalqonsimon bezga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Xurmo oʻzining yuqori beta-karotin miqdori tufayli koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi.
Uchinchi oʻrindan mandarin joy olgan. Bu meva inson organizmidagi yogʻ moddalari erishi jarayoniga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Mandarin qobigʻi ovqat hazm qilish jarayoniga yordam beradi va ishtahani ochadi.
Shuningdek, kivining ham organizm uchun foydasi bor. Kuniga ikkita meva C vitaminining kunlik ehtiyojini qondirishga yordam beradi.
Avvalroq anor sharbatining foydalari aytilgandi.