platina.uz
Jahon

HAMAS yetakchisi oʻrinbosari halok boʻldi

Portlash oqibatida jami toʻrt kishi halok boʻlgan.

HAMAS yetakchisi oʻrinbosari halok boʻldi

Livandagi portlashda HAMAS yetakchisi oʻrinbosari halok boʻldi, ushbu zarbani Isroil amalga oshirgani aytilmoqda.

Aytilishicha, HAMAS yetakchisi oʻrinbosari Solih al-Aruri Livan poytaxti Bayrut janubida sodir boʻlgan portlashda halok boʻldi.

HAMAS uning oʻlimini tasdiqladi.

Al-Aruriy HAMAS siyosiy byurosi rahbari oʻrinbosari boʻlgan, lekin ayni paytda guruhning harbiy faoliyatida ham muhim oʻrin tutgan.

Livan rasmiy matbuotiga koʻra, portlash Livan poytaxti chekkasida joylashgan HAMAS idorasi yaqinida sodir boʻlgan. Isroil droni idoraga zarba bergani aytilmoqda.

Portlash oqibatida jami toʻrt kishi halok boʻlgan.

Avvalroq Isroil Gʻazodagi hujumlari sabab BMT Xalqaro sudiga tortilishi mumkinligi xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid