platina.uz
Jahon

Kim Chen In Vashington va Seulni yoʻq qilib yuborish bilan tahdid qildi

KXDR lideri buning uchun "oʻta qudratli qurollar"ni ishga solmoqchi. 

Kim Chen In Vashington va Seulni yoʻq qilib yuborish bilan tahdid qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In agar qarama-qarshilik yuzaga kelsa, AQSh va Janubiy Koreya poytaxtlari Vashington va Seulni yoʻq qilib yuborish tahdid qildi. Uning soʻzlarini Koreya markaziy axborot agentligi keltirib oʻtdi.

“Oʻrtoq Kim Chen In AQSh va “Koreya Respublikasi” unsurlarining oʻlib borayotgan hiyla-nayranglari yanada kuchayishini aytib, armiyamiz dushmanlarga shafqatsizlarcha zarba berishini taʼkidladi”, - deyiladi agentlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Kim Chen In oʻz dushmanlarini yoʻq qilish uchun “oʻta qudratli qurollar” arsenalidan foydalanishga tayyor.

Bungacha Shimoliy Koreya yetakchisi Koreya yarim orolida bir-biriga katta dushman boʻlgan davlatlar joylashganini maʼlum qilgandi. U Koreya yarimorolidagi mojaroning kuchayishi ehtimolini tan oldi.

Bir necha kun avval esa Kim Chen In armiyani urushga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid