Zilzila qurbonlari soni 2 baravar koʻpaydi
AQSh Geologiya xizmati zilzila kuchini 6,8 magnitudaga baholadi.

Marokashdagi zilzila qurbonlari soni ikki barobarga ortib, 632 kishiga yetdi. Shuningdek, 329 kishi esa jarohat oldi, deya xabar bermoqda Reuters mamlakat Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga asoslanib.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Marokashning Marrakesh shahridan taxminan 70 km uzoqlikda 6,8 magnitudali zilzila sodir boʻlgani xabar qilingandi.
Marokash Geofizika markazi Atlas togʻlari hududida 7,2 magnitudali zilzila sodir boʻlganini maʼlum qildi. AQSh Geologiya xizmati zilzila kuchini 6,8 magnitudaga baholadi.
Dastlab hodisa oqibatida 296 kishi halok boʻlgani maʼlum boʻlgandi.