Oʻqituvchilarning oyligi qachon 1000 dollarga koʻtariladi?

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Laziz Xoʻjaqulov Platina.uz saytiga bergan intervyusida ushbu savolga ham javob berib oʻtdi.

Jamiyat
30-sentabr 2023 yil

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Laziz Xoʻjaqulov Platina.uz saytiga bergan intervyusida ushbu savolga ham javob berib oʻtdi.

— Yaxshi savol... Oʻqituvchilar bizdan ham shuni koʻp soʻrashadi. Lekin bitta narsa borki, hozir ham shu mablagʻni olayotgan pedagoglar bor. Lekin buning uchun oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini toʻgʻri aniqlay olishimiz kerak. Chunki siz bir kishiga yaxshi maosh toʻlashingiz uchun undan natija kutasiz, toʻgʻrimi? Masalan, bir oshxonangiz boʻlsa, oshpaz maoshini koʻtarish uchun shu oshpaz ovqatni qanday yaxshi tayyorlaydiyu, bu ovqatdan xursand boʻlib, qancha koʻp xoʻranda kelishiga eʼtibor berasiz. Jamiyat ham xuddi shunday. Jamiyat ham kuchli taʼlim olgan bitiruvchilarni, kuchli mutaxassislarni kutyapti. Chunki kuchli mutaxassislar kelsa, iqtisodiyot rivojlanadi. Iqtisodiyot  rivojlangandan keyin soliqlar ham koʻpayadi. Soliq koʻpaygandan oylik maoshlarni ham koʻtarish imkoni oshadi.

Lekin afsuski oʻz ustida ishlamaydigan oʻqituvchilarimiz bor. Demak, avval oq-qorani ajratib olishimiz kerak: qaysi oʻqituvchilar haqiqatan ham 1000 dollarlik darajaga arziydi? Buning uchun esa taʼlim sifatini aniqlab beruvchi aniq mezonlar kerak. Bu oʻqituvchining mehnat mahsuloti, oʻqituvchilarning naqadar zoʻr ekanligi aniqlanishi kerak. Hozir ham shunday oʻqituvchilar borki, hozirgidan koʻra 2 baravar yaxshiroq dars bera olishi mumkin.

Oʻzbekistonda 500 ming oʻqituvchi boʻladigan boʻlsa, faqat 400 ming oʻqituvchiga yetadigan dars soatimiz bor. 100 mingta oʻqituvchi yarim stavkaga rozi boʻlib ishlab yuribdi. Lekin oʻzini hurmat qilgan oʻqituvchi bunga rozi boʻlmaydi. Agar oʻshanga mutanosib oʻqituvchimiz boʻlganda, allaqachon oylik maoshlarni koʻtargan boʻlardi. 100 ming oʻqituvchiga ham katta pul ketadi, — deb javob berdi vazirlik masʼuli.

Suhbatning toʻliq talqinini quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+