platina.uz
Jamiyat

Portlash boʻyicha komissiya tuzildi

Komissiya favqulodda holatni oʻrganib, koʻrilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Portlash boʻyicha komissiya tuzildi

Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonada sodir boʻlgan portlash boʻyicha hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi maʼlum qildi.

Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi favqulodda holatni oʻrganib, koʻrilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

Bu boʻyicha prezident Shavkat Mirziyoyev topshiriq berdi. Komissiya hududda olib borayotgan ishlar yuzasidan axborot berib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, bugun kechasi Sergelidagi omborda kuchli portlash boʻlgan, holatni oʻrganish uchun voqea joyiga bosh vazir va boshqa masʼullar yetib borgan.

Hozircha bitta qurbon — oʻsmir bola deraza oynasi bosib qolishi oqibatida vafot etgani tasdiqlandi. Boshqa qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid