Portlash boʻyicha jinoiy ish ochildi
Hozir sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan va kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Sergelidagi portlash yuzasidan IIV Tergov departamenti Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan boʻlib, yongʻin kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugun kechasi Sergelidagi omborda kuchli portlash boʻlgan, holatni oʻrganish uchun voqea joyiga bosh vazir va boshqa masʼullar yetib borgan.
Hozircha bitta qurbon — oʻsmir bola deraza oynasi bosib qolishi oqibatida vafot etgani tasdiqlandi. Boshqa qurbonlar soni aniqlashtirilmoqda.