platina.uz
Jamiyat

Antistrumin dorisi bilan bogʻliq shubhali shartnomalar

“Samo” MChJ bilan bir necha milliard soʻmlik bir nechta shartnomalar imzolangan

Antistrumin dorisi bilan bogʻliq shubhali shartnomalar

Sogʻliqni saqlash vazirligi taʼsischiligidagi “O‘ZMEDIMPEKS” MChJ kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (Antistrumin) dorisini xarid qilish uchun “Samo” MChJ bilan bir necha milliard soʻmlik bir nechta shartnomalar imzolagan. Bunga Telegramdagi @pressuzb kanali eʼtibor qaratdi.

Aytilishicha, 2022 yil iyun oyida “Samo” MChJ bilan 5 mlrd. 644 mln. soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan. 2023 yil 11 yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 mln. soʻmlik qoʻshimcha kelishuv imzolangan.

“O‘ZMEDIMPEKS” MChJ 2023 yil 4 mayda yana antistrumin dori vositasini xarid qilish uchun “Samo” MChJ bilan 15 mlrd. 275 mln. soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomalarga koʻra, jami 21 mlrd. 875 mln. soʻm evaziga “Samo” MChJ 3 mln. 550 ming qadoqda antistrumin yetkazib berishi koʻrsatilgan.

Antistrumin xarid qilish uchun hech qanday tender oʻtkazilmagan, shartnomalar toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan. “Samo” MChJ taʼsischilaridan biri Nodir Yunusov AQSh bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgani haqida xabar bergandik. U odam savdosi va firibgarlikda ayblangan.

Nodir Yunusov, shuningdek, “Zuma-Pharma” MChJ rahbari ham sanaladi. Davlat xaridlari portalida “O‘ZMEDIMPEKS” MChJ “Zuma-Pharma” MChJ bilan ham tuzgan shartnomalar haqida maʼlumot bor. Jumladan, 7000 dona shprits-ruchka eritropoetin vositasini yetkazib berish boʻyicha 782 mln. soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid