platina.uz
Jamiyat

Andijonda ham zaharlanish aniqlandi

Viloyat hokimligi avvaliga ushbu xabarlarni rad etdi, keyinroq esa hokim bemor bolalarni koʻrgani bordi

Andijonda ham zaharlanish aniqlandi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Andijon filialida ham zaharlangan bolalar borligi maʼlum boʻldi. Ularning soni hozircha 12 nafar.

Avvaliga viloyat hokimligi axborot xizmati bu holatni rad etib, "koʻp sonli zaharlanish holati yoki butun boshli biror muassasa tarbiyalanuvchilari zaharlangan holat hozirda viloyatimizda yoʻq", deya bayonot berdi.

Ammo keyinchalik viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bolalarni koʻrishga bordi. Aytilishicha, hokim dorining nojoʻya taʼsiri oqibatida shifoxonaga kelgan barcha ota-onalar va bolalar bilan gaplashgan.

"Shifxonamizga kelgan 12 bolaning salomatligi yaxshilanib, uylariga ketishga ruhsat bera boshladik", degan toksikologiya boʻlimi shifokori Murod Imomberdiyev.

Marhamat tumanida isitma va koʻngil aynishi bilan (ota-onalari) murojaat qilgan bolalar soni 4 nafar boʻlib, ularning holati hozirda qoniqarli holatda.

Avvalroq Namanganning Chust tumanida yoddan ommaviy zaharlangan bolalar katta shov-shuv boʻlgandi. Buni hatto prezident ham eʼtiborga olib, vaziyat nazoratda ekanini bildirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid