platina.uz
Iqtisod

Andijonda ichimlik va oqova suv narxlari karrasiga qimmatlaydi

Avvalroq toʻrt viloyatda ham narxlar keskin oshgandi. 

Andijonda ichimlik va oqova suv narxlari karrasiga qimmatlaydi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining "Viloyatda ichimlik va oqava suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi" qarori eʼlon qilindi. Unga koʻra, narxlar ikki barobarga oshadi.

Jumladan, ichimlik suvi narxlari ( 1 metr kub) aholi uchun hozir 750 soʻmdan 1500 soʻmgacha koʻtariladi. Oqava suv uchun narxlar ham xuddi shu miqdorlarni tashkil etadi.

Byudjet tashkilotlari uchun narxlar 1200 soʻmdan 2400 soʻmgacha koʻtariladi.

Ulgurji tashkilotlar uchun suv narxi 1800 soʻmdan 3800 soʻmgacha oshadi.

Tasdiqlangan tariflar OAVda eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtib kuchga kirishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avval Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlarida ham suv narxi oshgani xabar qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid