platina.uz
Jamiyat

Moskva aeroportlarida beqaror vaziyat vujudga keldi

Oʻzbekistondan uchgan reyslar ham boshqa shaharlarga yoʻnaltirilmoqda. 

Moskva aeroportlarida beqaror vaziyat vujudga keldi

31 avgust, payshanba kuni ertalab Moskva shahrining Vnukovo, Domodedovo va Sheremetevo aeroportlarida 40 dan ortiq reys kechiktirildi, deb xabar bermoqda «Yandeks. Raspisaniya». Vnukovodan esa uchta samolyotning parvozi bekor qilindi.

Aeroportlarda «Kover» rejimi joriy etilgan. Bu nomaʼlum va xavfli uchra jismlar havoda mavjudligini qayd etadi.

Shuningdek, Domodedovoda bitta reys bekor qilindi, 18 tasi kechiktirildi. 8 ta samolyot esa Sheremetevodan jadval boʻyicha uchmadi. Kechikishlar sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda.

Uzbekistan Airways AJ maʼlumotiga koʻra, kompaniyaning Moskvaga uchayotgan reyslari boshqa shaharlarga yoʻnaltirilgan. Jumladan:

HY611 reysi Samara xalqaro aeroportiga;
HY9615 reysi Qozon xalqaro aeroportiga;
HY9613 reysi esa Sankt-Peterburg xalqaro aeroportiga.

Avvalroq Moskvada 27 avgust, yakshanbaga oʻtar kechasi 23 ga yaqin reys kechiktirilgani xabar qilingandi. Buning sababi kuchli tuman deya keltirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Vnukovo aeroportida 11 ta, Sheremetevoda beshta, Domodedovoda oltita reys kechiktirilgan, yana bir reys bekor qilingan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Rossiyaning markaziy shaharlari dronlar hujumiga uchramoqda. Jumladan 30 avgust kuni Pskov aeroporti kuchli hujumlarga uchradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid