platina.uz
Jamiyat

Hokim bilan gap talashgan maktab direktori kaltaklandi

Ayni paytda unga shifoxonada yordam koʻrsatilmoqda. 

Hokim bilan gap talashgan maktab direktori kaltaklandi

Surxondaryoda viloyati hokimi bilan majlisda tortishgan direktor Umida Tursunova kaltaklab ketildi. Bu xabarni uning ukasi tasdiqladi.

Aytilishicha, boshqa bir oʻqituvchining oila aʼzolari Tursunovani kaltaklagan. Ayni paytda unga shifoxonada yordam koʻrsatilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Tursunovaning avgust oyi boshida Surxondaryo hokimi Ulugʻbek Qosimov bilan tortishgan videosi tarqalgandi. Videoda hokim direktor ayolni ushlash uchun IIB xodimlariga murojaat qilgani ham aks etgan.

Shuningdek, Oliy sud bayonoti bilan direktor qamalgani ham maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid