Toshkent viloyatida yana 2 hokim ishdan ketdi
Toshkent viloyati hokimi qarori bilan yana ikkita tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qarori bilan yana ikkita tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Xususan, Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev va Zangiota tumani hokimi Abdivaxob Tamikayev lavozimidan ozod etildi.
Eslatib oʻtamiz, kecha prezident Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Qibray va Yangiyoʻl tumanlari hokimlarini ham ishdan olgandi.