platina.uz
Jamiyat

Yuqori sinflar uchun fanlar qisqaradi

Darslarning mazmuni ham oʻzgarishi taʼkidlandi.

Yuqori sinflar uchun fanlar qisqaradi

Yuqori sinfda oʻqitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi eʼlon qilindi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev oʻtkazayotgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor boʻlgan 10-11 sinf oʻquvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib oʻqitiladi.

Kasb-hunar egasi boʻlish istagidagi oʻquvchilarga esa maktabning oʻzida tayyor mutaxassis boʻlib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga sentabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yoʻlga qoʻyish topshirildi. Kelgusi oʻquv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga oʻtkaziladi.

Darslarning mazmuni ham oʻzgarishi taʼkidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard soʻm ajratildi, boshlangʻich sinflar uchun toʻliq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlangʻich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham toʻliq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

Avvalroq barcha maktablar prezident maktablari darajasiga olib chiqilishi xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid