platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida Oliy davlatlararo kengash tuzildi

Bundan tashqari, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida Oliy davlatlararo kengash tuzildi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Bokuda Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.

Bundan tashqari, tashrif doirasida davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.

2023-2024 yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”, energetika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida, yoshlarga oid siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, Media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” shular jumlasidan.

Bundan tashqari, Fuqarolarning vizasiz qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, “Ye-permit” ruxsatnoma blanklarini elektron almashish axborot tizimini joriy qilish, oila va bolalarni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi hamda Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari oʻrtasidagi, kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandumlar imzolandi.

Ushbu hujjatlar Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi munosabatlarning bir qator istiqbolli yoʻnalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, 22 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib borgandi. Prezident tashrifi 22-23 avgust kunlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid