platina.uz
Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birdaniga ikki oʻrinbosar tayinlandi

 Jalol Arashov 1988 yil 6 oktabrda Qorakoʻl tumanida tugʻilgan.

Buxoro viloyati hokimiga birdaniga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Buxoro viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Jumladan, Arashov Jalol Samandarovich - Buxoro viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jalol Arashov 1988 yil 6 oktabrda Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. 2009 yilda Toshkent arxitektura va qurilish instituti (kunduzgi)ni tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi - muhandis-iqtisodchi.

U ayni vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Shaxriyorov Botirjon Zavqiddinovich - Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq Ahmedov Botir Ilhomovich Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid