Buxoro, Toshkent va Andijon viloyatlarida soliq rahbarlari tayinlandi
Shuningdek, Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston Prezidentining farmoyishi bilan Yuldashev Dilshod Rustamovich Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dilshod Yuldashev tayinlovga qadar Soliq qoʻmitasining Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Alovitdin Inagamov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Qurbonov Lochinbek Inomidinovich Andijon viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Lochinbek Qurbonov tayinlovga qadar Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, 2 avgust kuni Toshkent viloyatida boʻlgan yigʻilishda prezident Mirziyoyev bir qator soliqchi amaldorlarni ishdan boʻshatgandi.