Toʻra Bobolov Oqqoʻrgʻon hokimi etib tayinlandi
Eslatib oʻtamiz, Toʻra Bobolov ilk bor 2019 yilda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasiga kelgandi.

Bobolov Toʻra Abdiyevich Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
Tayinlovga qadar T.Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, Toʻra Bobolov ilk bor 2019 yilda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasiga kelgandi. U Surxondaryoga 2022 yil dekabrigacha rahbarlik qildi. 2023 yil mart oyida Bobolovning deputatlik vakolati ham tugatilgandi.
Oqqoʻrgʻonga Bobolovga qadar Alisher Karimjonov hokimlik qilib kelayotgandi.