Sirdaryoda hokimlarga Tracker olish uchun 4 mlrd soʻm ajratildi
Shuningdek, viloyat hokimligiga qoʻshimcha bino qurish uchun 1 mlrd soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.
Sirdaryoda viloyat hokimining oʻrinbosarlariga hamda tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomashinasini xarid qilish uchun 4 mlrd soʻm pul ajratildi.
Bu haqda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining qarori qabul qilingan. Jami xarajatlar uchun sarflanadigan mablagʻlar miqdori 7,6 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
Shuningdek, viloyat hokimligiga qoʻshimcha bino qurish uchun 1 mlrd soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga asosan xarid qilingan mablagʻlarni saqlash boʻyicha ijara qarzdorligiga 400 mln. soʻm sarflanadi.
Kuni kecha esa Navoiyda "Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini bajarish, infratuzilma obʼektlarini qurish va aholi turmush darajasini oshirish maqsadida" mahalliy byudjetdan 51,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi haqida xabar berilgandi.