platina.uz
Siyosat

Putin ham Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Tabrik matni Kreml rasmiy saytida eʼlon qilingan. 

Putin ham Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.

Tabrik matni Kreml rasmiy saytida eʼlon qilingan.

"Siz Oʻzbekiston fuqarolari orasida gʻoyat yuksak obroʻ-eʼtiborga egasiz, buni yaqinda boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari ham toʻliq tasdiqladi. Sizning rahbarligingizda mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yoʻlidan ishonch bilan olgʻa bormoqda, oʻz manfaatlarini jahon miqyosida samarali himoya qilmoqda.

Siz mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, turli sohalardagi samarali ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga katta shaxsiy hissa qoʻshyapsiz.

Men munosabatlarimizni yuqori baholayman. Ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar boʻyicha hamkorlikni davom ettiramiz" deyiladi tabrik matnida.

Eslatib oʻtamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev 66 yoshni qarshi olmoqda, biroz avval Turkmaniston prezidenti Oʻzbekiston rahbarini tabriklagandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid