platina.uz
Jamiyat

Elektron sigaretlarning oʻta xavfli tomonlari oshkor qilindi

Oʻzgarishlar hujayralarda ham sodir boʻladi, bu oʻz navbatida, saraton oʻsmalari rivojlanish xavfini oshiradi.

Elektron sigaretlarning oʻta xavfli tomonlari oshkor qilindi

Elektron sigaretlar ogʻizdagi foydali mikroorganizmlarni yoʻq qiladi, boʻshliqlar va milk kasalliklarini keltirib chiqaradigan mikroblar sonini oshiradi.

Bundan tashqari, elektron sigaret chekish saratonga olib kelishi mumkin boʻlgan hujayra oʻzgarishlarini keltirib chiqaradi. Bu haqda Markaziy Florida universiteti tibbiyot kolleji olimlari tadqiqotida maʼlum qilindi, deya yozadi Medical Express.

Olimlar ushbu turdagi sigaretlar kariyes rivojlanishiga sabab boʻluvchi Streptococcus mutans bakteriyasining hayotiy faoliyatiga qanday taʼsir qilishini oʻrganishdi. Maʼlum boʻlishicha, tamaki suyuqligi immunitet himoyasini yoʻq qiladi va sogʻlom ogʻizda yashovchi bakteriyalarning koʻpayishini qiyinlashtiradi.

Shu bilan birga, patogen mikroflora uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Elektron sigaret isteʼmolchilarida zararli bakteriyalarning koʻpayishi natijasida milklar yalligʻlanadi, shuningdek, tishlar chiriydi va tushadi. Oʻzgarishlar hujayralarda ham sodir boʻladi, bu oʻz navbatida, saraton oʻsmalari rivojlanish xavfini oshiradi.

Avvalroq xotirani yaxshilaydigan foydali mahsulotlar haqida maʼlumot berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid