Shifokor jigar uchun xavfli omillarni sanab oʻtdi

Jigar holatiga zarar yetkazadigan bir qator mahsulotlar mavjud.

Jamiyat
26-iyun 2023 yil
Shifokor jigar uchun xavfli omillarni sanab oʻtdi

Terapevt Tamara Ilinskaya alkogoldan tashqari jigarga katta zarar yetkazadigan odatlar va mahsulotlar haqida gapirdi. 

Ushbu organning shikastlanishi sogʻliq uchun juda xavfli boʻlishi mumkin: sirroz, organning yogʻli degeneratsiyasi ehtimoli bor, diabet, gepatit va saraton xavfi ham ortadi.

Jigar holatiga zarar yetkazadigan bir qator mahsulotlar mavjud. Xususan, mevalarni ortiqcha isteʼmol qilish. Koʻp miqdordagi fruktoza jigarning yogʻ bosishi va diabetga hissa qoʻshadi. Olmaning kam miqdori foyda keltirsa, koʻpi jigarga zarar boʻladi, deydi shifokor.

Oʻzini-oʻzi davolanish, har xil dorilarni shifokor maslahatisiz ichish ham jigar muammolariga olib keladi. Charchoq, ishtahaning yoʻqolishi, qorinning yuqori qismida noqulaylik va ogʻriqlar shifokor tomonidan davolanishi kerak, chunki bu alomatlar jigar bilan bogʻliq muammolarni koʻrsatishi mumkin.

Shifokorning fikricha, jigar inson organizmidagi eng muhim metabolik organ boʻlib, zaharli moddalarni zararsizlantirish, parchalash va xavfli zaharli moddalarni olib tashlash uchun javobgardir. 

Jigar gormonal muvozanatni, organizmdagi yogʻlar va shakar almashinuvini nazorat qiladi va immunitet tizimining sogʻlom ishlashida muhim rol oʻynaydi.

Avvalroq, alkogol va gazli ichimliklarning yangi xavfi haqida maʼlumot berilgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+