Rubl "qulamoqda". Bu Oʻzbekiston iqtisodiga ham taʼsir qiladi

Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga 14,5 mlrd dollar pul yuborilgan.

Iqtisod
26-iyun 2023 yil
Rubl "qulamoqda". Bu Oʻzbekiston iqtisodiga ham taʼsir qiladi

Moskva birjasida xorijiy valyutalar rublga nisbatan rekord darajaga koʻtarildi. Bu haqda birja saytida maʼlum qilingan. 

26 iyundagi savdo kuni boshida dollar va yevro rublga nisbatan keskin mustahkamlandi. Dollar kursi 86,77 rublga, yevro esa 94,8 rublga yetdi. 

Mazkur pastlashda "Vagner" rahbari Yevgeniy Prigojin isyoni va uning ortidan yuzaga kelgan vaziyat sabab boʻlgani aytilmoqda. 

Rubl oxirgi marta 2022 yilning martida, Rossiya Ukrainaga hujum qilgan dastlabki vaqtlarda shu miqdorda pastlagandi. 

Rossiya oʻzbekistonliklar eng koʻp mehnat qiladigan xorijiy davlat sanaladi. Rossiya davlat statistika portaliga koʻra, 2023 yilning birinchi choragida Rossiyaga ishlash maqsadida deyarli 1,3 million xorijlik kirgan. Ularning deyarli yarmi oʻzbekistonliklardir.

Shuningdek, Rossiyadan xorijga eng valyuta yuborishda ham oʻzbekistonliklar yetakchi sanaladi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga 14,5 mlrd dollar pul yuborilgan. Qayd etish joizki, 2022 yilning ikkinchi yarmida rublning mustahkamlanishi kuzatilgandi.

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotiga koʻra, 26 iyun holatida  1 rubl 136,51 soʻmga teng.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+