platina.uz
Jamiyat

Buxoroda talaba qiz oʻzini 6-qavatdan tashladi

Marhumning oʻlimi boʻyicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Buxoroda talaba qiz oʻzini 6-qavatdan tashladi

Buxorodagi Osiyo xalqaro universiteti qiz bola talabasi ijarada yashagan uyining 6-qavatdan oʻzini tashlab, voqea joyida vafot etgan.

Bu holat boʻyicha prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda. Marhumning oʻlimi boʻyicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, uning oʻz joniga qasd qilishiga sabab boʻlgan taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda.

Bunday holat birinchisi emas. 1 iyunda Jizzaxda ham bir qiz tomdan, 5 iyunda Toshkentda bir erkak 4-qavatdan tashlab, oʻz jonlariga qasd qilishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid