12 yoshli qizning oʻlimi boʻyicha ishning ayblov xulosasi sudga yuborildi
Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Ushbu gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, Yangihayot tumanida sodir etilgan 12 yoshli qizning qotilligi bilan bogʻliq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan ushbu holat yuzasidan marhuma qizning onasi va buvisi baʼzi haqiqatlarni ochiqlagani haqida xabar bergandik.