platina.uz
Jahon

AQSh Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani oʻtkazmadi

Rossiya va Xitoy esa AQShni "oddiy odamlarning oʻlimiga koʻz yumish" da aybladi. 

AQSh Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani oʻtkazmadi

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga veto qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, AQSh Kengashning doimiy aʼzosi sifatida veto huquqiga ega.

Xavfsizlik Kengashidagi qolgan davlatlardan 13 tasi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi, faqat Buyuk Britaniya betaraf qoldi.

Rossiya va Xitoy vakillari AQSh vetosi qoralab chiqdilar. Rossiya vakili Dmitriy Polyanskiy Gʻazo "bolalar qabristoni" ga aylanayotganidan ogohlantirdi.

BMTdagi AQSh rasmiysining aytishicha, rezolyutsiyada Vashingtonning takliflari, jumladan, HAMASning 7 oktabrdagi "hujumini qoralash" ham hisobga olinmagan.

“Afsuski, deyarli barcha tavsiyalarimiz eʼtiborga olinmadi. Bu shoshqaloq jarayonning natijasi va voqelik bilan aloqasi boʻlmagan qarordir”, deyiladi izohda.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kunlik sulhdan keyin Isroil 1 dekabrdan Gʻazoni yana bombalay boshladi. Hozirgacha jami qurbonlar soni 18 mingga yaqinlashgani aytilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid