Oʻzbekiston boʻylab "metan zapravka"lariga cheklov kiritilmoqda
Bir necha kun avval mamlakatda ob-havo keskin sovib ketishi xabar qilingandi.

Ob-havo haroratining tushib ketishi fonida Oʻzbekiston boʻylab "metan zapravka"lariga cheklov kiritilishi boshlandi.
Eng avval Andijon viloyatidagi shoxobchalarda ish vaqti 4 dekabrdan har kunlik ertalab soat 06:00 dan - soat 15:00 ga qadar belgilandi. Keyinroq, 5 dekabrdan boshlab poytaxtdagi AGTKShlar ertalab soat 06:00 dan - soat 15:00 ga qadar ishlaydigan boʻldi. Qoraqalpogʻistondagi muassasalar ham shu soatlar oraligʻida faoliyat yuritadi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi esa zapravkalar 8 dekabrdan ertalab soat 6:00 dan 15:00 gacha faoliyat yuritishi haqida xabar berdi.
Surxondaryo viloyatida esa zapravkalar 7 dekabrdan boshlab, ertalab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlashi belgilandi.
Stansiyalar faoliyati cheklanishi havo harorati keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gaz birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obʼektlariga yetkazib berilishi bilan izohlanadi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Oʻzbekistonda ob-havo keskin sovib ketishi xabar berilgandi. 11-12-dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.