Shaxmat chempionati yakunlandi: natijalar
Samarqanddagi jahon chempionatining yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Samarqand shahrida oʻtgan shaxmatning rapid va blits yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionati nihoyasiga yetdi.
Avvalroq, rapid yӯnalishi bӯyicha natijalarni eʼlon qilgan edik.
29-30 dekabrda bӯlib ӯtgan blits yӯnalishining Open dasturida ham yana norvegiyalik Magnus Karlsen 16 ochko bilan chempion boʻldi. U 2 kun oldin rapid yoʻnalishida ham chempion boʻlgandi.
Blits yӯnalishi bӯyicha musobaqalar natijasiga kӯra, shohsupaning 2-pillapoyasini Daniil Dubov, 3-pillapoyasini esa Vladislav Artemiyev band qilishdi.
Ayollar jamoasida esa Valentina Gunina 14 ochko bilan blits yoʻnalishida jahon chempioni boʻldi. 2-ӯringa Aleksandra Kostenyuk, 3-ӯringa Ju Jinner sazovor bӯlishdi.
Yurtimizni tamsil etayotgan shaxmatchilar orasida esa erkaklar orasida eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov hamda Nodirbek Yakubboyev 12,5 ochko bilan qayd etishdi.
Javohir Sindorov 12 ochko, Nodirbek Abdusattorov 11,5 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlishdi.
Qizlar orasida Umida Omonova 9,5 ochko, Hamdamova Afroʻza 8 ochko toʻplashdi.