Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Namangan shahriga oʻtkazilgandi.

Sattarov Ilhomjon Rahimjanovich Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Ilhomjon Sattarov 1985 yilda Chortoq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2008 yilda Namangan muhandislik pedagogika instituti, 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: menejment, davlat boshqaruvi.
2008-2014 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 2014-2016 yillarda Chortoq tumani moliya boʻlimi mudiri. 2016-2017 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasi daromadlarni prognozlashtirish va tahlil qilish boʻlimi boshligʻi.
2017-2023 yillarda Uychi tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Namangan viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar markazi direktori oʻrinbosari - respublika tijoratlashtirish va maslahat xizmatlari majmuasi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Eslaib oʻtamiz, avvalgi hokim Anvar Otaxoʻjayev Namangan shahar hokimi etib tayinlangandi.