“Baxti Tashkentskiy” ham qoʻlga olindi
U Toshkent shaxar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ushlandi.

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) ham qoʻlga olindi.
U bilan birga uning jinoiy sheriklari Sh.D.T. (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik) va M.A.B. (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik) ham ushlandi.
Ular Toshkent shaxar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida ushlandi.
Avvalroq “Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan S.S.S. va boshqa shaxslar ham qoʻlga olingan edi.
Mavzuga doir: “Qonundagi oʻgʻrilar”: xalq orasida ideallashib ketgan jinoyatchilar