platina.uz

Chetdan mashina olib kirishga cheklov qoʻyilyapti

Bu boʻyicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilgan. 

Iqtisod
29-dekabr 2023 yil
Chetdan mashina olib kirishga cheklov qoʻyilyapti

Hukumat qarori loyihasiga koʻra, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar respublika tashqarisidan oʻz nomiga bir yilda faqat bir dona avtomobil olib kelishi mumkin boʻladi.

Jismoniy shaxslarga tijoriy maqsadlarda avtomobil import qilish toʻliq taqiqlanadi.

Avtomobil oldi-sotdisi uchun ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik talablari toʻliq tiklanadi va bu mezonlar endi elektromobil importchilariga ham qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtamiz, bu hozircha loyiha boʻlib, qonunan kuchga kirganicha yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq UzAuto Motors onlayn shartnoma berishni yoʻlga qoʻygan va sayti kiberhujumga uchrab, shartnoma olish imkoni boʻlmagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+