Bolalarni bayramda qanday tomoshalar kutmoqda?
Poytaxtdagi teatrlarda qanday tomoshalar boʻlishi haqida maʼlumot berildi.

Poytaxtdagi teatrlarda yangi yil bayrami munosabati bilan quyidagi tomoshalar rejalashtirilgan:
«Game Over» – Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri;
«Yangi yil va tipratikan» – Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri;
«Yalmogʻizning rejasi» – Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston musiqali teatri;
«Qora marvarid kapitani» – Oʻzbekiston davlat drama teatri;
«Simba: praydlar jangi» – Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri;
«Ezgu orzular bayrami» – Oʻzbekiston davlat satira teatri;
«12 oy» (rus tilida) – Alisher Navoiy nomidagi DAKT;
«Qorqiz bilan selfi» (rus tilida) – Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri;
«Qor malikasi» (rus tilida) – Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri.
Avvalroq Yangi yilda koʻriladigan top-10 filmlar taqdim etilgandi.
