platina.uz
Jahon

Rossiya urush boshidan beri Ukrainaga qancha raketa uchirgani aytildi

Bundan tashqari, jami 3700 dona hujumkor dron zarbasi berildi.  

Rossiya urush boshidan beri Ukrainaga qancha raketa uchirgani aytildi

Ukraina Qurolli Kuchlari maʼlumotiga koʻra, urush boshidan beri Rossiya Ukrainaga 7400 ta raketa uchirdi.

Hisobotga koʻra, Rossiya 2022 yil 24 fevraldan beri urush paytida Ukrainaga turli turdagi 7400 ga yaqin raketalarni uchirgan. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Strategik aloqalar departamenti (Stratkom) xabar berdi.

“Ushbu miqdorning uchdan bir qismi S-300 va S-400 raketalaridir. Shuningdek, taxminan 900 dona "Iskander-M" ballistik raketalari orqali zarba berildi. 48 ta Kinjal raketasi ham qoʻllanilgan", deyiladi xabarda.

Rossiya raketalardan tashqari Ukrainaga "shahed" tipidagi 3700 ga yaqin hujumchi dronlari bilan hujum qilgan. Ukraina harbiylari ulardan 2900 ga yaqinini yoʻq qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina Qora dengizda Rossiyaning yirik kemasini portlatib yuborgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid