Karim Benzema endi Namanganga keladi
Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final oʻyinlariga qurʼa tashlandi.

Saudiyaning Al-Ittihod jamoasi fevralda Namanganga keladi. Bu klubda dunyo futbolining qator yulduzlari, jumladan, Fabino, N’Golo Kante, Karim Benzema bor.
Bugun, 28 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Qurʼaga koʻra, Navbahor Saudiya Arabistonining Al-Ittihod jamoasiga, Nasaf esa BAAning Al-Ayn jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Nimchorak finalning dastlabki uchrashuvlari 12-13 fevralda, javob oʻyinlari esa 19-20 fevralda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Benzema boshchiligidagi Al-Ittihod guruh bosqichida Olmaliqda ham mehmon boʻlgandi.