platina.uz
Jamiyat

Yangi yil bayramida metro qay tartibda ishlashi maʼlum boʻldi

Metropoliten maʼmuriyati bu haqda maʼlumot berdi. 

Yangi yil bayramida metro qay tartibda ishlashi maʼlum boʻldi

Yangi yil bayrami kuni Toshkent metrosi qay tartibda ishlashi maʼlum qilindi.

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2023 yil 31 dekabr yakshanba - dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa 1 soatga uzaytiriladi, yaʼni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Shuningdek, qoʻshimcha dam olish kunlarida (2023 yil 30 dekabr, 2024 yil 1-2 yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari ochilishi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid