platina.uz
Jamiyat

UzAuto Motors sayti kiberhujumga uchradi

Ommabop avtomobillar uchun shartnomalar qachon ochilishi ham aytildi. 

UzAuto Motors sayti kiberhujumga uchradi

UzAuto Motors sayti kiberhujumga uchradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati taqdim etgan maʼlumotda aytiladi.

"22 dekabr kuni UzAutoSavdo tizimida soat 10:00 dan boshlab qator tashqi taʼsirlar kuzatildi va buning natijasida tizimga murojaatlar soni 1 soniyada 50 000 – 60 000 ga yetdi.

UzAutoSavdo tizimiga avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangandan soʻng qilingan davomli kiberhujumlar, avtorizatsiya soʻrovlarini qayta ishlashda muammolarni yuzaga keltirdi. Bu oʻz navbatida, onlayn savdo tizimining toʻliq bloklanishiga olib keldi.

Nosozliklarni bartaraf etish va ishlashini taʼminlash boʻyicha texnik ishlar amalga oshirildi. Kiberhujumlar oʻrganilib, tergov uchun kerakli tuzilmalarga yuborildi" deyiladi xabarda.

Ommabop avtomobillar uchun savdo bugun, soat 14:00dan ochiladi.

Eslatib oʻtamiz, 22 dekabr kuni Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilgandi. Ammo onlayn tarzda amalda shartnoma rasmiylashtirishning iloji boʻlmadi. Foydalanuvchilar na sayt, na ilova orqali shartnoma olib boʻlmayotgani haqida maʼlum qilishgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid