Prezident administratsiyasida boshqarma boshligʻi tayinlandi
Oldinroq kinorejissyor Jahongir Ahmedov masʼul lavozimga tayinlangandi.

Davletova Nozimaxon Eldarovna Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bu boʻyicha Prezidentning tegishli farmoyishi eʼlon qilingan.
Ushbu tayinlovga qadar Nozima Davletova Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, sal avvalroq kinorejissyor Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shuʼbasi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlangandi.