platina.uz
Jamiyat

UzAuto Motors shartnomalar ochilganini eʼlon qildi

Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

UzAuto Motors shartnomalar ochilganini eʼlon qildi

Bugun, 22 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugun 12:00 da 2024 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin.

"Eʼtibor qarating, shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan oʻchiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq boʻladi.

Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi, shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumotni taqdim etadi" deyiladi xabarda.

UzAuto Motors kompaniyasi oktabr oyida sotuvda boʻlmagan bir qator avtomobillarning narxlarini oshirgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid