platina.uz
Jamiyat

Oliy sudning sakkiz sudyasi lavozimidan ozod etildi

Senatning yalpi majlisida bu masala koʻrib chiqildi. 

Oliy sudning sakkiz sudyasi lavozimidan ozod etildi

Senatning yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish masalasi koʻrib chiqildi, unda sakkiz sudya lavozimidan ozod etildi.

Oliy Majlis Senati axborot xizmatining xabar berishicha, 48-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish masalasi ham koʻrib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga asosan Elza Shamsutdinova oʻn yillik muddatga, Anvar Elmuradov muddatsiz davrga, Baxodir Ergashev oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Bobir Islamov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzahakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherqulov va Xurshid Eshmuratov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Sergelida jinoyat ishi sudi sudyasi vafot etgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid