Izboskan sobiq hokimi qamoqqa olindi
Uning davrida ishlagan deyarli barcha oʻrinbosarlar yer savdosi bilan qamalgan edi.

Andijon viloyati Izboskan tumani sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov qamoqqa olindi.
Platina.uz manbasi bergan maʼlumotga koʻra, Andijon shahar sudi bugun, 21 dekabr kuni ajrim chiqargan.
Maʼlumotlarga koʻra, u noqonuniy qarorlar bilan yer maydonlari talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻygan. Uning davrida ishlagan deyarli barcha oʻrinbosarlar yer savdosi bilan qamalgan edi.
Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni oʻtkazilgan xalq deputatlari kengashida Izboskan hokimi Serobiddin Ismoilov ishdan olingan edi.