platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda byudjetdan qariyb 2 mlrd. soʻm ajratildi

Qaror kecha, 19 dekabr kuni eʼlon qilingan. 

Jizzaxda byudjetdan qariyb 2 mlrd. soʻm ajratildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi turli maqsadlar uchun byudjetdan 1,8 mlrd. soʻm ajratishni maʼqulladi.

Qaror kecha, 19 dekabr kuni eʼlon qilingan.

Ushbu mablagʻ Jizzax shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlari, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari, kreditorlik qarzlarini qoplash maqsadida ishlatiladi.

Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi viloyat boshqarmasi pullarning maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.

Avvalroq Toshkent viloyatida Yangi yil archasi uchun 700 million soʻm sarflanishi maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid