Gʻazoda bir kunda yuzdan oshiq kishi halok boʻldi
Eslatib oʻtamiz, 1 dekabr kuni hududda yana urush boshlandi.
Jahon
2-dekabr 2023 yil
Isroil va HAMAS oʻrtasidagi vaqtinchalik sulh tugaganidan soʻng Gʻazo sektorida 109 kishi halok boʻldi, deb xabar qildi anklav Sogʻliqni saqlash tashkiloti.
Yana 100 kishi jarohatlangan, deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 1 dekabr kuni Isroil qurolli kuchlari HAMASni vaqtinchalik sulhga amalga qilmaslikda ayblab chiqdi va harbiy harakatlarni qaytadan boshladi. Oʻzaro sulhga 22 noyabr sanasida erilishgandi. Muzokaralarda Qatar vositachilikni amalga oshirgandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Isroil bir kunda Gʻazoga 200 dan oshiq avia va artilleriya zarbalarini bergan.