Toshkent viloyatida ayrim obʼektlar buziladi
Avval viloyat markazida 700 million soʻm evaziga Yangi yil archasi oʻrnatilishi maʼlum boʻlgandi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayrim yaroqsiz holatdagi obʼektlarni buzish boʻyicha qarorni imzoladi.
Jumladan, Toshkent viloyati qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi xulosasiga koʻra, Boʻstonliq tumani Nanay MFY hududidagi vrachlik punkti, Olmaliq shahridagi 9-maktab qoʻshimcha oʻquv binosi, 12-maktabning yordamchi oʻquv binosi buziladi.
Bundan tashqari, buzish natijasida yaroqli deb topilgan qurilish materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi, buzishdan keyin boʻshaydigan yerlardan samarali foydalanish choralari ishlab chiqiladi.
Avvalroq Mirzayevning farmoyishi bilan Nurafshon shahrida 700 million soʻm evaziga Yangi yil archasi oʻrnatilishi maʼlum boʻlgandi.