platina.uz
Jamiyat

Nurafshonda Yangi yil archasi uchun 700 million soʻm sarflanadi

Bu boʻyicha Zoyir Mirzayevning farmoyishi eʼlon qilindi. 

Nurafshonda Yangi yil archasi uchun 700 million soʻm sarflanadi

Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida Yangi yil archasini oʻrnatish va bezatish xarajatlari uchun 700 million soʻm ajratiladi.

Bu boʻyicha viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning farmoyishi eʼlon qilindi.

Mablagʻ viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil 3-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan taqdim etiladi. Pul "Toshkent viloyati biznes markazlarini qurish direksiyasi" DUK hisobiga oʻtkazib berilishi koʻzda tutilgan.

Zoyir Mirzayev kecha, 18 dekabr kuni Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi binosining bogʻini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun 550 million soʻm ajratgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid